Мa’lumoti: Oliy ma’lumot (bakalavr daraja)ga ega bo‘lish. Mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumoti: Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar. Quyidagi hollarda ustuvorlik beriladi: - davlat organlari, idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda, ichki nazorat tizimini (“komplaens-nazorat”) joriy etishda hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish yo‘nalishlarida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan; - korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirganligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga (ISO 37001:2016, ISO 37001:2025, ISO 37301:2021 kabi) ega bo‘lishi. Mehnat staji: Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lish. Zaruriy bilim va ko‘nikmasi (Texnik va/yoki texnologik talab): 1. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor bo‘lish. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini va “komplaens-nazorat” tizimini tartibga solishga qaratilgan milliy qonunchilik hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar yuzasidan nazariy-amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 4. Microsoft Office dasturlari Word, Excel, PowerPoint, Outlook yoki unga ekvivalent ofis dasturlari bilan ishlash. 5. Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tuzishda Excel funksiyalari (pivot tables, conditional formatting, formulas, diagrams)dan foydalanish; 6. Elektron hujjat aylanish tizimlari – edo.ijro.uz, e-xat kabi davlat organlari va tashkilotlarida ishlatiladigan elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash; 7. Veb-konferensiyalar va onlayn muloqot vositalari, Zoom, Microsoft Teams, Google Meet orqali onlayn yig‘ilishlarda ishtirok eta olish. Qo‘shimcha talablar: 1. Maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun to‘sqinlik qiluvchi salbiy holatlarning mavjud emasligi 2. Tezkor ma’lumotlarni olish va ular bo‘yicha ishlashni tashkil qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 3. Har bir soha-yo‘nalishlarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirish choralarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish. 4. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan holatlar, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarning mavjud emasligi. Quyidagi hollarda ustuvorlik beriladi: - davlat tilini bilish, xorijiy tillardan (rus, ingliz va boshqalar) biri yoki bir nechtasini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro sertifikatlarning mavjudligi.
БЎШ ЎРИНЛАР
Тошкент тиббиёт академияси кўп тармоқли клиникaсида бўш ўринларига (вакант лавозимларга) ўрнатилган тартибда ишга қабул қилиш учун, қуйида кўрсатилган ловозимлар бўйича ходимлар таклиф қилинади:
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat «komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo'limi yetakchi mutaxassis
-
Анестезиолог – реанимотолог шифокорлар
-
Врач неонатологлар
-
Эндокринологлар
Кўрсатилган лавозимларга таклиф қилинганлар учун талаблар:
- Малака тоифага эга бўлишлик;
- Диплом (Врачлар учун қўшимча магистратура ёки ординатура дипломи);
- Даволаш корхоналарида ( 3-5 йил) ишлаганлик ҳақида стаж;
- Паспорт ( доимий рўйҳатга қўйилган);
- Маълумотнома (Объективка);
- Ҳар томонлама етук;
- Ўзбек, рус, инглиз тилларини билиш;
- Компьютер саводхонлиги
Мурожат учун манзил:
Тошкент тиббиёт академияси кўп тармоқли клиникaси ташкент шахар, Олмазор тумани Шифокорлар - 2
Телефон:
(+998-78) 150-97-48, (+998-78) 150-97-50
Бизга хабар йўлланг!
Ўзингизни қизиқтирган саволлар ёки таклифлар борасида бизнинг электрон почтага хабар қолдиринг.
Қайтар алоқа